Levandovskining Manchesterga transferi bloklandi
“Barselona”ning 37 yoshli to‘purari Robert Levandovski joriy mavsum yakunlanishi bilan Kataloniyani tark etishi aytilmoqda. Klub uning yoshini va samaradorligi pasayib borayotganini inobatga olib, yangi shartnoma taklif qilmaydigan bo‘lgan.
Levandovskining o‘zi yangi jamoa tanlashga kirishgan. Mohir to‘purarga Evropaning grand klublaridan ham, AQSh va Saudiya Arabistoni vakillaridan ham chorlov bo‘lyapti.
So‘nggi ma’lumotlarda “Manchester Yunayted” mutasaddilari polshalik forvardni hamkorlikka qo‘ndirgani, bosh murabbiy Ruben Amorim asosiy to‘purar rolida Levandovskidan foydalanishni reja qilayotgani aytilgan edi.
Mirror nashrining yozishicha, klub xo‘jayinlaridan Jim Retkliff Robert Levandovski transferiga ta’qiq qo‘ydi. Retkliff faoliyatining oxirgi bosqichini o‘tayotgan o‘yinchini jamoaga kelishidan manfaatdor emas va shu bois Ruben Amorim talab qilgan bu transferni amalga oshirmaydi.



Fikrlar