"Leyptsig" hujumchisi "Monako"ga o‘tdi

"Leyptsig" forvardi Jan-Kevin Ogyusten "Monako" klubiga ijara asosida o‘tdi.

Tomonlar 1 yillik kelishuvga erishishdi va yakunda sotib olish huquqini ham ko‘rib chiqishadi.

Avvalroq, 22 yoshli futbolchiga "Kristal Pelas" klubi qiziqish bildirgan edi.

O‘tgan mavsumda, Ogyusten Bundesliganing 17 ta bahsida maydonga tushib, 3 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!