"Leyptsig" "Manchester Yunayted" futbolchisini ijaraga olmoqchi

  • 04.08.2025 22:57
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Germaniyaning "RB Leyptsig" klubi "Manchester Yunayted" hujumchisi Rasmus Xoylundni o‘z safiga qo‘shib olish niyatida. Bu haqda "Sky Sports" nashri xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, nemislar 21 yoshli daniyalik futbolchini ijaraga olish bo‘yicha qiziqqan. Ular Xoylundni "Manchester Yunayted" qiziqish bildirayotgan yana bir hujumchi — Benyamin Sheshko bilan bog‘liq kelishuv doirasida taklif qilishgan.

Eslatib o‘tamiz, Xoylund o‘tgan mavsum APLda 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan. 

Sheshko esa Bundesligada 33 ta o‘yinda 13 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!