
Lift Promotions kompaniyasining navbatdagi jang oqshomi sanasi va manzili aniq bo‘ldi
Yurtimizda tashkil etilgan professional boks bo‘yicha promouterlik kompaniyasi Lift Promotions o‘zining navbatdagi boks oqshomini 2 dekabr kuni "Humo arena"da o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi. Ushbu kechaga Fazliddin G‘oibnazarov va yana bir qator taniqli professional bokschilar ringga ko‘tariladi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu kompaniyaning ilk professional boks oqshomi 13 avgust kuni tashkil etilgan edi.
Fikrlar