Liga 1. Bitta gol urish uchun Messi raqiblar darvozasi tomon nechta zarba yo‘llagan?
Frantsiya chempionati 17-turidan o‘rin olgan "Lans" - PSJ bahsida 1:1 hisobi qayd etildi.
Hujumchi Lionel Messi mazkur bellashuvda to‘liq harakat qildi, biroq o‘z hisobiga gol yoki assist yozdirib qo‘ya olmadi. Liga 1 doirasida Leo o‘zining yagona golini "Nant" darvozasiga kiritgan. U ushbu turnirda hozirga qadar 9 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Qayd etish lozim, Messi Frantsiya chempionati doirasida o‘tkazgan uchrashuvlarida raqiblar darvozasi tomon umumiy 35 ta zarba yo‘lladi. Eslatib o‘tamiz, argentinalik futbolchi hisobida, shuningdek, 3 ta golli uzatma ham mavjud.

Fikrlar