Liga 1. "Lans" yana durang o‘ynadi, Husanov esa to‘liq harakatlandi

  • 6 oktabr, 2024, 23:09
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya chempionatining 7-turidan o‘rin olgan "Strasburg" - "Lans" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda tomonlar durangga imzo chekishdi. 

Dastlab, Nzola hisobni ochgan bo‘lsa, Silla imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. Shundan keyin darvozalar yana bir martadan ishg‘ol qilindi va hisob 2:2 ko‘rinishiga keldi. Husanov asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq harakatlandi. Himoyachi sheriklariga 50 ta aniq pas berib, 2 marta podkat ishlatdi. Shu bilan birga, 2 ta duelda yutib chiqdi. 

Ushbu bahsdan keyin lansliklar turnir jadvalida 11 ochko bilan 6-pog‘onaga joylashdi. 

  • Fransiya - Liga 1
  • Joriy Mavsum

Strasburg

  • Habib Diarra 60'
  • Abakar Sylla 18'
Tugadi
2 : 2

06.10.2024 20:00

Lans

  • M'Bala Nzola 5'
  • Andy Diouf 44'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!