
Liga 1. "Lans"ning "Gavr"ga qarshi qaydnomasi e’lon qilindi
Bugun Frantsiya chempionati 28-turidan o‘rin olgan "Lans" - "Gavr" bahsi bo‘lib o‘tadi. Ushbu bahs uchun "sariqlar"ning kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi.
Legionerimiz Abduqodir Husanov ushbu o‘yin qaydnomasiga kiritildi. O‘zbekistonlik himoyachi "Lill" bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvni o‘tkazib yubrargan edi.
Frantsiya chempionatining 27-turida "Lans" jamoasi "Lill" mehmoni bo‘ladi. Ushbu uchrashuv uchun "sariqlar"ning kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi. Frantsiya futbol federatsiyasi tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra 10ta rasmiy musobaqa uchrashuvida 3-sariq kartochkasini olgan bir qator futbolchilar bittadan o‘yinga chetlatilgandi va ular orasida yosh himoyachimiz ham bor edi.
Fikrlar