
Liga 1. "Lion" mavsumni mag‘lubiyat bilan boshladi
Frantsiya chempionatining 1-turida “Lion” safarda “Monpele” mehmoni bo‘ldi.
“Stade de la Mosson”da kechgan bellashuv kutilmaganda 2:1 hisobida “Lion”ning mag‘lubiyati bilan yakunlandi. Shu kuni Teji Savanening (38', 59') dubli mezbonlarga 3 ochko keltirdi. Mehmonlarning yagona goliga esa bir oyog‘i bilan “Barselona”da bo‘lib turgan Memfis Depay mualliflik qildi.
“Lion” keyingi uchrashuvini 19 sentyabr kuni “Nim”ga qarshi o‘tkazsa, “Monpele” 20 sentyabr kuni o‘z maydonida “Anje”ni qabul qiladi.
Fikrlar