
Liga-1. “Marsel” safarda “Gengam” bilan jangovor durang qayd etdi
Kecha Frantsiya chempionatining 37-turiga start berildi.
Turning ilk uchrashuvida kelgusi hafta Evropa ligasi finalida ishtirok etadigan “Marsel” safarda “Gengam” mehmoni bo‘ldi. Chinakam gollar shousiga aylanib ketgan o‘yin 3:3 hisobidagi jangovor durang bilan yakunlandi.
“Gengam” – “Marsel” 3:3 (1:2, 2:1)
11 may «Ruduru»
Gollar: 0:1 – 2 Jermen, 0:2 – 14 Toven, 1:2 – 42 Grene, 2:2 – 52, penalti Grene, 3:2 – 70, penalti Brian, 3:3 – 81 Toven.
“Gengam” – Yunsson, Eboa-Eboa, Kerbra, Sorbon, Ikoko, Dido (Diallo, 88), Do (Salibur, 88), Beneze (Koko, 79), Grene, Tyuram, Brian.
“Marsel” – Mandanda, Sakai, Sertich, Kamara, Amavi, Lopes (N`Ji, 64), Zambo-Angissa, Toven, Sanson, Okampos (Sarr, 73), Jermen (Pele, 69).
Ogohlantirishlar: Grene (21), Sorbon (55).
Chetlatish: Mandanda (66).
Fikrlar