Liga 1. PSJ safarda qiyin g'alabaga erishdi

  • 02.02.2026 03:07
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Liga 1’ning 20-turidan o‘rin olgan uchrashuvda PSJ safarda "Strasbur" jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Bahsning 22-daqiqasida Mayyulu hisobni ochdi. Oradan ko‘p o‘tmay, 27-daqiqada mezbonlar safida Guela Dué muvozanatni tikladi. Uchrashuv yakuniga yaqin, hal qiluvchi daqiqalarda Nunu Mendes aniq zarba bilan hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi va parijliklarga muhim g‘alaba keltirdi.

Shu tariqa, Luis Enrique shogirdlari ochkolari sonini 48 taga yetkazib, turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!