
"Lill" "Barselona"ning sobiq futbolchisi bilan shartnomani bekor qilmoqchi
Frantsiyaning "Lill" klubi "Barselona"ning sobiq himoyachisi Samuel Umtiti bilan shartnomani uzish haqida o‘ylamoqda.
"Fichajes" nashrining xabar berishicha, Umtiti fevral oyidan buyon jarohat sabab o‘yinlarda qatnasha olmadi. Shu bois, klub ham himoyachi bilan shartnomani bekor qilish maqsadida ishlarni boshlagan. Samuel 2023 yilda Kataloniya klubidan erkin agent sifatida Frantsuz klubiga ko‘chib o‘tgan.
Frantsiyalik futbolchining klub bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, uning Transfermarkt portalidagi narxi 2 million evro deb baholanmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, 31 yoshli himoyachi faoliyati davomida 341 ta o‘yinda ishtirok etib, 7 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar