"Lion" "Arsenal"ning sobiq futbolchisini 25 mln evroga sotib oldi

  • 14 avgust, 2019, 16:49
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning "Anje" klubi futbolchisi Jeff Ren-Adeled faoliyatini "Lion" klubida davom ettiradigan bo‘ldi.

Tecno

21 yoshli futbolchi bugun Lion shahrida bo‘ladi va tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Shundan so‘ng, yangi klubi bilan shartnomaga imzo chekiladi.

Transfer tafsilotlari ma’lum qilinmagan, ammo "Goal.com" sayti transferning qiymati 25 mln evro deb xabar qildi.

Ren-Adeled futbolchilik faoliyatini 2015 yili "Arsenal" klubida boshlagan. Londonliklar 2018 yili futbolchini "Anje" klubiga ijaraga berib yuborgan. Keyinchalik frantsuzlar futbolchi transferini rasmiylashitirib olishgan.

Frantsiya yoshlar terma jamoasidan doimiy tarzda chaqiruv oladi.

So‘nggi mavsumda, Frantsiya chempionatida 35 uchrashuv o‘tkazib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!