
"Lion" avtobusi "Marsel" muxlislari tomonidan toshbo‘ron qilindi. Bosh murabbiy jiddiy jarohat olgan (foto va video)
Frantsiya chempionati 10-turidan o‘rin olgan "Marsel" - "Lion" uchrashuvi qoldirilishi mumkin. Sababi, mehmonlar keladigan avtobus marsellik ishqibozlar tomonidan toshbo‘ron qilingan.
Natijada, "Lion" klubi bosh murabbiyi Fabio Grosso va uning yordamchisi sezilarli jarohat olgani aytilmoqda. Bosh murabbiyning yuziga oyna siniqlari zarar etkazgan (kesib yuborgan).
Ularga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 00:45 da boshlanishi rejalashtirilgan o‘yin hozirda bo‘lib o‘tishi so‘roq ostida bo‘lib turibdi.
Fikrlar