
Lionel Messi ushbu mukofotni futbolchilar o‘rtasida birinchi bo‘lib qo‘lga kiritdi
"Barselona" sardori Lionel Messiga Laureus World Sports Awards mukofoti topshirildi. Bu haqida tashkilot rasmiy veb sahifasi xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu unvonga Messi bilan bir qatorda Formula 1 piloti Lyuis Xemilton ham loyiq ko‘rilgan.
Ushbu ikkala sportchidan tashqari, g‘oliblik uchun tennis afsonalaridan Rafael Nadal, golf ustasi Tayger Vuds, marafon bo‘yicha mashxur rekord sohibi Eliud Kipchoge va motopoygachi Mark Markes nomzod sifatida ko‘rsatilgan edi.
Fikrlar