
Lisandro Martines Ekvador bilan o‘yinda Argentinaga yordam bera olmaydi
Argentina va Ekvador terma jamoalari o‘rtasidagi JCh-2026 saralashi uchrashuvida himoyachi Lisandro Martines maydonga tusha olmaydi. "Manchester Yunayted" futbolchisi APLning so‘nggi o‘yinida almashtirilgan edi.
“Lisandro og‘riq his qildi va ehtiyot chorasi sifatida almashtirildi. Shifokorlar uni tekshirishdi va u yaxshi. Biz tavakkal qilishimiz shart emas, vaziyatni baholaymiz. Martinesni Ekvadorga qarshi o‘yinda maydonga tashlash biz tomondan juda shoshqaloqlik bo‘lardi. Ko‘ramiz, ikkinchi o‘yin nima bo‘ladi", - dedi Argentina terma jamoasi boshqaruvchisi Lionel Skaloni jurnalistlarga.
Argentina saralashning ikkinchi bosqichida Boliviya bilan kuch sinashadi.
Fikrlar