"Liverpool" ikki yulduz uchun PSJga 200 million yevro toʻlamoqchi emas

  • 18.08.2026 21:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Liverpul» hozircha «PSJ» qo‘yayotgan talablar­ga rozi emas. Parij klubi hujumchi qanot o‘yinchilari Bredli Barkola va Ibrohim  Mbaye uchun juda katta miqdorda pul ishlab olishni ko‘zlamoqda.

Manbalarga ko‘ra, «PSJ» ikki futbolchini sotish orqali kamida 200 million yevro topishni rejalashtirgan. 

Insayder Fabrizio Romano xabariga ko‘ra, «Liverpul» hamon Barkola va Mbayeni olish g‘oyasidan voz kechmagan, ammo aynan shuncha mablag‘ to‘lash niyati yo‘q. «Qizillar» muzokaralar orqali PSJni narxni pasaytirishga ko‘ndirishga urinmoqchi.

Manba ta’kidlashicha, Barkola ham, Mbaye ham Andoni Iraola boshqarayotgan jamoaga o‘tishni istamoqda. 

Shu bilan birga, ular Frantsiya Superkubogi doirasida «Lans»ga qarshi yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yin uchun «PSJ»ning asosiy tarkibiga kiritilmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!