"Liverpool" PSJ yulduzini besh yillik bitimga ko‘ndirdi

  • 19.08.2026 08:01
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ hujumchisi Ibrohim Mbaye «Liverpul» bilan besh yillik shartnoma tuzishga rozilik berdi. Endi «qizillar» 18 yoshli vingerni yozgi transfer oynasida qo‘lga kiritish uchun parijliklar bilan muzokaralarni tezlashtirishni rejalashtirmoqda. 

Bu haqida RMC Sport xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, «Liverpul» PSJning yana bir hujumchisi Bredli Barkola bo‘yicha ham muzokaralarni davom ettirmoqda. Mersisayd klubi shu hafta ichida yangilangan taklifini taqdim etishi kutilmoqda.

Mbaye PSJ akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O‘tgan mavsumda u jamoa safida barcha musobaqalar doirasida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko‘ra, yosh hujumchining bozor qiymati 30 million evroni tashkil etadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!