“Liverpul” Ispaniya chempioni “Barsa”ga kerak bo‘lmay qolgan o‘yinchini chaqiryapti

  • 06.10.2025 13:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premer-ligasining amaldagi g‘olibi “Liverpul” tarkibdagi muammolarni bartaraf etish maqsadida yozda yangi transferlarni amalga oshirishni mo‘ljallayapti.

Caught Offside nashrining yozishicha, “Real” nishonida turgan Ibrohim Konate klub bilan shartnomani uzaytirishni rad etganidan keyin liverpulliklar “Barselona” markaziy himoyachisi Ronald Arauxoni olishga qaror qildi.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, urugvaylik futbolchining transferi “Liverpul”ga 50-60 million evroga tushishi mumkin. Biroq bu o‘yinchiga “Tottenxem” va “Chelsi” kabi qudratli klublar ham da’vogarlik qilyapti.

“Barselona” Ronald Arauxo bilan amaldagi shartnomani 2031 yilning yozigacha uzaytirganiga qaramay, yaxshi taklif chiqsa, o‘yinchini sotib yuborishga tayyorligini bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!