
“Liverpul” 21-asrdagi eng yomon natijasini qayd etdi
Angliya Premer ligasining 2-turi doirasidagi uchrashuvida “Liverpul” o‘z maydonida “Kristal Pelas” qabul qildi. Ajablanarli tomoni shundaki, Yurgen Klopp shogirdlari avvalgi o‘yindagidek yana birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yuborishdi. Vilfrid Zaxa 32-daqiqada gol urib, "burgutlar"ni hisobda oldinga olib chiqdi.
Mazkur bahs "Liverpul"ning Premer liga doirasidagi birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yuborgan ketma-ket oltinchi o‘yini bo‘ldi. Mersisaydlilar o‘tgan mavsumdagi so‘nggi to‘rtta va bu mavsumda yana ikkita o‘yinda birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yubordi.
Bu klubning 21-asrdagi eng yomon natijasi bo‘lib, “qizillar” oxirgi marta 1997 yilda ketma-ket 6 uchrashuvda birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yuborgan.
Fikrlar