
"Liverpul" 50 million evrolik xaridni amalga oshiradi
"Brayton"ning ekvadorlik yarim himoyachi Moyses Kaysedo Angliya Premer ligasining grand jamoalaridan biriga o‘tishi mumkin.
“The Mirror” nashri xabariga ko‘ra, 20 yoshli janubiy amerikalik futbolchini transferga "Liverpul" jiddiy qiziqmoqda. Mersisaydliklar joriy transfer oynasi yopilguniga qadar Kaysedo transferini rasmiylashtirishga harakat qilishmoqda. “Qizillar” futbolchi uchun 50 million evro to‘lashga tayyor.
Angliya chempionatining yangi mavsumida Moyses “chaykalar” safida uchta o‘yin o‘tkazdi.
“Liverpul” APLni yomon boshladi. Klopp shogirdlari o‘tkazilgan uchta o‘yindan atigi ikki ochko to‘pladi.
Fikrlar