“Liverpul” 92 million evrolik transferga qo‘l uryapti

  • 24.12.2025 09:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premer-ligasining amaldagi g‘olibi “Liverpul” jamoasi mavsumning birinchi qismida yuz bergan inqirozdan chiqish uchun tarkibini kuchli o‘yinchilar bilan mustahkamlashga harakat qilmoqda.

Xususan, “Liverpul” mutasaddilari jamoa markaziy himoyachilaridan Ibrohim  Konatening klubdagi kelajagi mavhumligini va Virjil van Deykning holati eng yaxshi darajada emasligini inobatga olib, “Inter” vakili Alessandro Bastonini nishonga oldi.

 Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, 26 yoshli futbolchining potentsial transferi mersisaydliklarga kamida 80 million funtga (92 million evroga yaqin) tushishi mumkin. Shu bilan birga, Bastoniga “Barselona” ham qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda “Inter” himoyachisi barcha turnirlarda 20 ta o‘yinda ishtirok etib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari, bitta gol va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.

O‘yinchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 80 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!