"Liverpool" afsonasi klubga bosh murabbiy bo‘lishi mumkin
"Liverpul" klubi sobiq yulduzi Stiven Jerrard jamoaning vaqtincha bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, Stiven Jerrard "qizillar"ni vaqtincha boshqarib turishi ehtimoli bor. Manbaga ko‘ra, Angliya Premier-ligasining amaldagi chempionlari Arne Slotni iste’foga chiqarsa, Jerrard mavsum yakunigacha jamoaga bosh murabbiy etib tayyorlanishi mumkin. Bu holatda klubning uzoq muddatli rejasi yozda "Real Madrid"ning sobiq ustozi Xabi Alonso ni bosh murabbiy etib tayinlash rejalashtirilgan. Stiven murabbiylik faoliyati davomida "Reynjers" va "Aston Villa" klublarida ishlagan. Uning so‘ngi klubi Saudiya Arabistonining "Al-Ittifoq" klubi edi.
Eslatib o‘tamiz, angliyalik sobiq futbolchi 1998-2015 yillar oralig‘ida "qizillar" safida to‘p tepib, 11ta sovrinni qo‘lga kiritgan.
Fikrlar