"Liverpool" afsonasi: "Virtsga qaraganimda David Silvani ko‘rgandek bo‘laman"
"Liverpul" klubi va Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Jeymi Karrager mersisaydliklar safida harakat qilib kelayotgan yarim himoyachi Florian Virtsning joriy mavsumdagi oʻyini haqida fikr bildirdi.
"Virts asta-sekin oʻsib boryapti. Uning mahorati borligiga shubham yoʻq. Men Florianga qarab, u huddi David Silva kabi boʻlishi mumkinligini his qilaman",- deya ekspertning soʻzlarini keltirildi "Daily Mail" nashri.
Maʼlumot uchun, 22 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum "qizillar" safida 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol kiritdi va 8 ta golli uzatma amalga oshirishga erishgan.
Fikrlar