“Liverpool” Arne Slot bo‘yicha yakuniy qarorga keldi
Angliya chempionligi unvonini munosib himoya qila olmagan “Liverpul” klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Arne Slot kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi.
Mersisaydliklar joriy mavsum yakunlangandan keyin bosh murabbiy Arne Slot bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti. Bu haqida jurnalist Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
- Turli ma’lumotlarga qaramay, “Liverpul” kelasi mavsumda Arne Slotni murabbiylik lavozimida olib qolmoqchi. “Liverpul” bu yozda bosh murabbiyni almashtirishni rejalashtirmayapti, - deb yozdi Skira.
47 yoshli Arne Slot “Liverpul”ni 2024 yilda boshqarishni boshlagan. Murabbiy qo‘l ostidagi birinchi mavsumda jamoa Angliya chempionati g‘olibiga aylandi.
“Liverpul” Angliya Premier-ligasi turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa 36 ta uchrashuvda 59 ochko jamg‘argan.

Fikrlar