"Liverpul" asosiy darvozaboni bilan uzoq yillik shartnoma imzoladi

  • 5 avgust, 2021, 10:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

"Liverpul" o‘zining braziliyalik darvozaboni Alisson bilan amaldagi shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Mersisaydliklar odatdagidek yangi mehnat shartnomasi muddatini ham oshkor qilishmadi. Nufuzli transfermarkt portali xabariga ko‘ra, 28 yoshli futbolchining shartnomasi olti yilga uzaytirilgan va 2027 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Alisson "Liverpul"ga 2018 yilning yozida "Roma"dan ko‘chib o‘tgan. Bu vaqt ichida braziliyalik mersisaydliklar safida 130 ta o‘yin o‘tkazdi va hatto bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Avvalroq, "Liverpul" Trent Aleksandr-Arnold va Fabino bilan uzoq muddatli shartnomalar imzolanganini e’lon qilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!