"Liverpul" "Atalanta" futbolchisiga qiziqmoqda

  • 7 yanvar, 2023, 23:40
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubi "Atalanta" yarim himoyachisi Tyon Kopmeynersga qiziqish bildirmoqda.

Tecno

"La Gazzetta dello Sport" nashri xabariga ko‘ra, "qizillar" bu borada Italiya klubiga murojaat qilgan. "Atalanta" niderlandiyalik futbolchini 40 million evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.

Tyon Kopmeyners joriy mavsum A Seriyada 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bundan tashqari, 24 yoshli futbolchi o‘z terma jamoasi Niderlandiya bilan Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatining 5 ta bahsida maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!