«Liverpool» «Barselona» himoyachisini olib ketishi mumkin
«Liverpool» Niko Shlotterbek, Alessandro Bastoni, Murillo va Jül’ Kunde kabi markaziy himoyachilarni olishni rejalashtirmoqda.
«Liverpul» rahbariyati jamoaning himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda va ehtimoliy yangi futbolchilar ro‘yxatini shakllantirgan. Bu haqida ijtimoiy tarmoqlarda insayder Ekrem Konur xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, mersisaydliklar short-ro‘yxatiga bir qator markaziy himoyachilar kiritilgan. Ular orasida «Borussiya» safida to‘p surayotgan Niko Shlotterbek, «Inter» himoyachisi Alessandro Bastoni, «Nottingem Forest» futbolchisi Murillo hamda «Barselona»da o‘ynayotgan Jyul’ Kunde bor.
Xabarlarga ko‘ra, «Liverpul» kelayotgan transfer oynalarida himoya chizig‘ini jiddiy ravishda mustahkamlash uchun faol harakat boshlamoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Angliya chempionatida sakkiz turdan so‘ng Andoni Iraola shogirdlari 15 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalidа to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Izohlar (0)