
"Liverpul" "Bavariya" superyulduzini tarkibga qo‘shib olmoqchi
"Liverpul" "Bavariya" himoyachisi Joshua Kimmixga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirdi.
"TodoFichajes"ning xabar berishicha, Germaniya terma jamoasining 30 yoshli futbolchisi mersisaydliklar uchun asosiy nishonga aylanmoqda. "Liverpul" allaqachon futbolchining atrofidagilar bilan dastlabki muzokaralarni o‘tkazgan.
Futbolchiga "Manchester Siti," "Real Madrid" va "Barselona" ham qiziqish bildirmoqda.
Jamoalardan biri Kimmixni tekinga qo‘lga kiritish mumkin, agar u "Bavariya" bilan shartnomani uzaytirmasa. Biroq, futbolchining maoshi muammo tug‘dirishi mumkin. U talab qiluvchi mablag‘ "Liverpul"ning maoshlar tuzilmasiga to‘g‘ri kelmaydi.
Fikrlar