"Liverpul" bosh murabbiyi Isakning holati haqida gapirdi
"Liverpul" hujumchisi Aleksander Isak oyog‘idan olgan jarohati sabab bir necha oy maydonga tusha olmaydi, deya xabar berdi jamoa bosh murabbiyi Arne Slot.
Hujumchi Angliya chempionatining 17-turi doirasida "Tottenxem"ga qarshi (2:1) o‘yinda Miki van de Ven bilan to‘qnashuvdan so‘ng maydonni erta tark etishga majbur bo‘lgandi.
— Bu uzoq tiklanish bo‘ladi. U bir necha oy o‘tkazib yuboradi. Bu ham u uchun, ham biz uchun juda katta, juda katta umidsizlik, — deya Slotning so‘zlarini Liverpool Echo nashri keltiradi.
Ma’lumot uchun, hujumchi joriy mavsum APLda 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.
Fikrlar