"Liverpul" bu mavsum APLni "yondirayotgan" futbolchini sotib olmoqchi
"Bornmut" klubi hujumkor yarim himoyachisi Antuan Semeno faoliyatini Angliya Premer-ligasining top-klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Daily Mail jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 25 yoshli ganalik futbolchiga APLning amaldagi chempioni "Liverpul" da’vogarlik qilmoqda. "Bornmut" Semenoni yanvarda sotmoqchi emas, shuning uchun uning transferi faqat kelasi yozda amalga oshishi mumkin. "Giloslar" o‘z futbolchisini 75 million evro atrofidagi summaga qo‘yib yuborishga tayyor.
Futbolchi va "Bornmut" o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2030 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
Semeno Angliya chempionatining joriy mavsumida 8 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar