“Liverpool” “Chelsi” himoyasiga qiziqish bildirmoqda

  • 26.05.2026 17:46
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Liverpul” yozgi transferlar oynasida himoya chizigʻini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Football Insider nashrining xabar berishicha, “qizillar” “Chelsi” himoyachisi Levi Kolvill transferini koʻrib chiqmoqda. Futbolchining londonliklar bilan shartnomasi 2029 yilga qadar amal qiladi.

Transfermarkt portali himoyachining narxini 50 million yevroga baholagan.

Maʼlumot uchun, Levi Kolvill “Chelsi” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U hozirgacha klub safida 78 ta uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta gol va 3 ta assist qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!