
“Liverpul” chempionga taklif tayyorlayapti
“Liverpul” rahbariyati Evropa chempionlar ligasi g‘olibi va Bundesliga chempion David Alaba uchun kurashga qo‘shildi.
“Bavariya”ning universal himoyachisi myunxenliklarning shartnomani uzaytirish bo‘yicha uchinchi taklifini ham rad etdi. Liverpulliklar qishki transferlar vaqtida 28 yoshli avstriyalik futbolchi sotib olib, himoyadagi muammolarni bartaraf etmoqchi.
Alabaning “Bavariya” bilan shartnomasi kelasi yozda yakunlanishi bois, uning transferi liverpulliklar uchun qimmatga tushmaydi. Agar Bundesliga grandi futbolchini qishda sotib yubormasa, Alaba bir necha oydan keyin erkin agent sifatida boshqa klubga tekinga o‘tib ketadi.
Fikrlar