
"Liverpul" darvozaboni Angliyaning 5-divizioniga "badarg‘a" qilindi
"Liverpul" o‘zining rasmiy sayti orqali darvozabon Vitezlav Yaroshni "Notts Kaunti"ga ijaraga berganini ma’lum qildi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 20 yoshli chexiyalik futbolchi mavsum oxirigacha ijarada o‘ynaydi. Aytish kerakki, u o‘tgan mavsumni "Sent-Patrikse" klubida ijarada o‘tkazgan edi. Uning ayni damdagi transfer narxi esa 100 ming evroga baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, "Notts Kaunti" klubi Angliyaning 5-divizionida ishtirok etadi.
Fikrlar