"Liverpul" Diasga o‘rinbosar topdi
Luis Diasning "Bavariya"ga o‘tishi haqida xabarlar tarqalmoqda. Agar kolumbiyalik hujumchi sotilsa, "Liverpul" yangi vinger sotib oladi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
Asosiy nishonlardan biri "Lion"dan Malik Fofana bo‘lishi mumkin, ammo boshqa nomzodlar ham ko‘rib chiqilmoqda. Luis Diasning "Bavariya"ga transferi narxi 70 million evrodan oshishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yozida “Liverpul” yangi futbolchilar uchun 300 million evrodan ortiq mablag‘ sarflagan edi. Yaqinda Arne Slot jamoasi safiga hujumchi Ugo Ekitike qo‘shildi.
Fikrlar