Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

“Liverpool” fanatlari” Siti” avtobusiga hujum qilmoqchi! Politsiya ishga tushdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Manchesterliklarga qiyin bo‘ladi

«Manchester Siti» 11 oktyabr kuni Angliya Premier-ligasining 6-turida «Liverpul»ga qarshi o‘yin oldidan raqibning «Enfild» stadionida dushmanlarga xos kutib olinishidan xavotirda.

Bunday xavotirga ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan chaqiriqlar sabab bo‘lgan. Ularda mersisaydlik muxlislardan uchrashuv boshlanishidan bir necha soat oldin jamoa avtobusini kutib olishga chiqish, bayroqlar, pirotexnika vositalari va signal raketalarini olib kelish so‘ralgan. Bu haqida The Sun xabar berdi.

Manba ta’kidlashicha, Mersisayd politsiyasi ijtimoiy tarmoqlardagi ushbu chaqiriqlardan xabardor. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar so‘nggi bir hafta davomida tegishli harakat rejasini ishlab chiqqan.

«Manchester Siti» vaziyatdan xavotirda, chunki avval ham «Liverpul» muxlislari jamoa avtobusiga bir necha bor hujum qilgan. Masalan, 2018 yilda «shaharliklar» avtobusiga qilingan hujumdan keyin transport vositasi jamoani tashish uchun yaroqsiz deb topilgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q