"Liverpul" Frantsiya chempionatidan hujumchi olib kelmoqchi

  • 23.07.2025 12:48
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Malik Fofana "Liverpul"ning yangi kuchaytiruvchisi bo‘lishi mumkin. Jurnalist Sasha Tavolierining ma’lum qilishicha, "Lion"ning 20 yoshli qanot hujumchisi mersisaydliklar tomonidan Federiko Kiezaning o‘rniga nomzod sifatida ko‘rilmoqda.

Italiyalik futbolchi Angliyani tark etib, faoliyatini o‘z vatanida davom ettirishi kutilmoqda. Manbaga ko‘ra, Fofanning ingliz klubiga o‘tish ehtimoli yuqori baholanmoqda.

O‘tgan mavsumda hujumchi "Lion" safida barcha musobaqalarda 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va sheriklariga 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning frantsuz klubi bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 30 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!