“Liverpul” futbol emas, basketbol o‘ynayapti. Hali bunaqa tanqid bo‘lmagandi

  • 1 oktabr, 11:58
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining ikkinchi turida Turkiyaning etakchi jamoasi “Galatasaroy”dan mag‘lubiyatga uchradi.

Tecno

Turklarga g‘alaba keltirgan yagona golni Viktor Osimxen 16-daqiqada penaltidan kiritdi. Angliyaliklar qolgan daqiqada mag‘lubiyatdan qutila olmadi.

Ayni paytda futbol eksperti bo‘lib ishlayotgan “Liverpul”ning mashhur o‘yinchisi Jeymi Karrager Turkiyadagi o‘yindan keyin hozirgi jamoani keskin tanqid qildi.

-  Men top-darajadagi jamoani ko‘rganim yo‘q. “Liverpul” bu mavsumda futbol emas, basketbol o‘ynayapti. Men bu fikrimni bosh murabbiy Arne Slotga “Bornmut”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdan keyinoq aytdim.

Hozir bosh murabbiy unga nega shuncha katta maosh olayotganini maydondagi o‘yin bilan ko‘rsatishning ayni payti. Arne Slot buni juda yaxshi tushunib turibdi, - dedi Jeymi Karrager.

Ta’kidlash lozimki, “Liverpul” futbolchilari “Galatasaroy” bilan bo‘lgan uchrashuvdan bir necha kun avval Angliya Premer-ligasida “Kristal Pelas”dan engilgan edi. Bunisi qatorasiga ikkinchi mag‘lubiyat bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!