
"Liverpul" futbolchisi Braziliya klubi bilan shartnoma imzoladi
Braziliyaning "Atletiko Mineyro" o‘zining tvitterdagi rasmiy sahifasida "Liverpul" yarim himoyachisi Allan Rodriges bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 22 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan 2023 yilga qadar tuzilgan shartnomaga imzo chekkan.
Ma’lumot uchun, Allan "Liverpul" safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Biroq, u o‘tgan davr mobaynida mersisaydliklarning asosiy jamoasida faqatgina 1 ta o‘yinda maydonga tushgan xolos. U o‘tgan 4,5 yil mobaynida "Sent-Tryuyden", "Gerta", "Apollon", "Ayntraxt" va "Fluminense" klublariga ijaraga berib yuborildi.
Fikrlar