"Liverpool" futbolchisi MLSdan tushgan taklifga rad javobini berdi

  • 03.01.2026 10:58
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

"Aston Villa"da ijara asosida to‘p tepayotgan "Liverpul" futbolchisi Xarvi Elliot MLSga ketishni istamadi.

22 yoshli futbolchi joriy mavsumni ijara asosida "Aston Villa" tarkibida harakat qilmoqda. Biroq ingliz futbolchisi jamoaning asosiy tarkibidan joy topa olmayapti. Ayni vaqtda futbolchining boshqa klubga ijara berilishi haqida mish-mishlar paydo bo‘lgan. Xabarlarga ko‘ra, Elliotning xizmatlariga AQShning "Sharlott" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Biroq, insayder Fabrizio Romanoning ta’kidlashicha, angliyalik futbolchi MLSga ketish variantiga qarshi va Evropada qolishni afzal ko‘radi. "Sharlott" ham bo‘sh kelishni istamayapti va yangi taklif tayyorlamoqda. Elliotning narxi 30 million yevroga baholangan.

Ma’lumot  uchun, xavbek joriy mavsumda Birmingemliklar safida bor-yo‘g‘i 5 ta uchrashuvda maydonga tushdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!