
"Liverpul" futbolchisi uchun mavsum yakunlandi
Xabaringiz bor kecha “Liverpul” yarim himoyachisi Nabi Keyta “Barselona”ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda jarohat olib maydonni tark etgan edi.
Angliyalik jurnalist Devid Meddokning ma’lum qilishicha 24 yoshli gvineyalik futbolchi taxminan bir oy davolanishiga to‘g‘ri keladi. Bu shundan dalolat beradiki, Keyta joriy mavsum boshqa maydonga tusha olmaydi.
Ma’lumot uchun, Keyta bu mavsum “Liverpul” safida 33ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 3ta gol urishga erishdi.
Fikrlar