"Liverpul" Goretskani tarkibga qo‘shib olmoqchi

  • 29 dekabr, 2017, 15:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp “Shalke 04” yarim himoyachisi Leon Goretskani Angliyaga olib kelmoqchi, deya xabar beradi Bild nashri.

Goretskaning gelzenkirxenliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2018 yil yozida yakuniga etadi. Biroq “Shalke 04” rahbariyati futbolchini saqlab qolish maqsadida Goretskani klub tarixidagi eng ko‘p maosh oluvchi o‘yinchiga aylantirishga ham tayyor va yiliga 12 mln evro bermoqchi. Goretska yakuniy qarorni yanvarda ma’lum qilishga va’da bergan.

Goretskaga shuningdek, “Bavariya”, “Barselona”, “Yuventus” va “Manchester Yunayted” klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!