"Liverpul" Gretsiya terma jamoasi himoyachisini sotib olmoqda

  • 09.08.2020 22:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" klubi "Olimpiakos" himoyachisi Konstantinos Tsimikasning transferini amalga oshirishga juda yaqin turibdi.

The Independent nashrining xabar berishicha, 24 yoshli gretsiyalik futbolchining transferi mersisaydliklarga 13 million evroga tushadi. U yangi haftada Angliyaga keladi va “Liverpul” safida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Tsimikas o‘tgan mavsum "Olimpiakos" safida 46 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golga assistentlik qildi. U Gretsiya terma jamoasi safida 3 ta o‘yinda ishtirok etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!