“Liverpool” himoya uchun qimmatbaho futbolchini sotib olmoqchi

  • 08.03.2026 13:10
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" "Nottingem Forest" klubining 23 yoshli himoyachisi Murillo xizmatiga qiziqish bildirmoqda va uning transferi uchun 80 mln yevro sarflashga tayyor. Joriy mavsumda 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan braziliyalik futbolchi Angliyaning ikki klubi nazariga tushdi. Bu haqida Caught Offside xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "Chelsi" ham ushbu transfer oynasida Murilloni o‘z safiga qo‘shib olish haqida o‘ylamoqda. Biroq, "Liverpul" Ibraim Konate va Jo Gomesning jarohatlaridan so‘ng himoya chizig‘ida kuchayish uchun raqibdan futbolchini olib qo‘ymoqchi.

Murilloning "Nottingem" bilan shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qiladi. Ayni paytda "Transfermarkt" portali himoyachini 55 mln yevroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!