
"Liverpul" hujumchisi AQSh yoki Xitoyga ketmoqchi
The Daily Mail nashri xabariga ko‘ra, "Liverpul" yarim himoyachisi Adam Lallana APLni tark etish niyatida.
Futbolchi va klub o‘rtasidagi kelishuv mavsum so‘nggida yakunlanadi. Tomonlar shartnomani uzaytirishganicha yo‘q. Futbolchi uchun AQSh va Xitoy klublaridan takliflar bor.
Shuningdek, "qizillar" qishda Lallanaga yangi shartnoma taklif etishi kutilmoqda. Ammo bu faqat futbolchini tekinga qo‘yib yubormaslik maqsadida bo‘lishi mumkin.
Fikrlar