"Liverpul" hujumchisi Isak mavsumni nega yomon boshlaganini aytdi

  • 16.11.2025 19:18
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" hujumchisi Aleksandr Isak ko‘p jihatdan jarohatlar bilan bog‘liq bo‘lgan mavsumning qiyin boshlanishiga izoh berdi.

Hujumchi kecha Jahon chempionati saralashidan o‘rin olgan Shvetsiya va Shveytsariya (1:4) o‘rtasidagi o‘yinda ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushdi, biroq samarali harakat qilmadi. Futbolchining e’tirof etishicha, jarohatlar har doim futbolchini izdan chiqadi va bir o‘yin yoki butun bir seriya o‘tkazib yuborilganidan qat’i nazar, futbolchi uchun eng yoqimsiz sinovga aylanadi.

- Jarohat doim xafa qiladi. Bu bitta o‘yinmi yoki bir nechta o‘yinmi, farqi yo‘q. Bu har doim futbolchining o‘zi uchun eng yomoni. Bu mavsumda hali hammasi joyida emas. Jamoaga yordam berishni va o‘z hissamni qo‘shishni boshlashni istayman, - deya hujumchining so‘zlarini keltirdi Aftonbladet.

Eslatib o‘tamiz, Isak yozda "Nyukasl"dan "Liverpul"ga o‘tib, klub bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!