“Liverpool” ikkita raqib tanladi

  • 04.06.2026 08:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kelasi mavsum uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘rishni reja qilayotgan “Liverpul” o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali avgust oyidagi o‘rtoqlik uchrashuvlari raqiblarini hamda bahslar sanalarini e’lon qildi.

9 avgust kuni mersisaydliklar Fransiyaning kuchli jamoalaridan biri “Monako”ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv Buyuk Britaniya mahalliy vaqt bilan soat 14:30 da boshlanadi.

16 avgust kuni esa liverpullliklar Italiya chempionati kashfiyotlaridan hisoblangan “Komo” jamoasi bilan kuch sinashadi. Sesk Fabregas shogirdlariga qarshi uchrashuv mahalliy vaqt bilan soat 18:00ga belgilangan.

Har ikki uchrashuv ham Liverpul shahridagi “Enfild” stadionida bo‘lib o‘tadi.

O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, “Liverpul” Angliya Premier-ligasida beshinchi o‘rinni egallagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!