
"Liverpul" Isak uchun ikkinchi taklifni qachon va qancha summa taklif qilishi oydinlashdi
"Liverpul" Aleksandr Isak uchun 110 million funt (taxminan 126 million evro) taklif qildi, biroq "Nyukasl" bu taklifni darhol rad etdi. Avvalroq merstsaydliklar muzokaralarga qaytishdan ma’ni ko‘rmayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Shu bilan birga, "Daily Mail" nashrining ma’lum qilishicha, "Liverpul" Isakni qo‘lga kiritish uchun yana bir bor urinish qilmoqchi. Yangi taklif "Nyukasl" yangi hujumchi bilan shartnoma imzolagandan so‘ng berilmoqchi. Bu holat klubning Isakni sotishga tayyorgarlik ko‘rayotganidan dalolat sifatida baholanmoqda.
"Liverpul" buni yaxshi tushunib turibdi va kelgusida yanada yirik taklif bilan chiqishni rejalashtirmoqda. Agar ushbu transfer amalga oshsa, u Britaniya futboli tarixidagi eng qimmat shartnomalardan biriga aylanishi mumkin.
Ma’lumot uchun, 25 yoshli Isak bir necha kun oldin jamoa yig‘iniga qaytdi. Uning kelajagi esa yaqin haftalarda aniq bo‘ladi.
Fikrlar