
"Liverpul" katta transferga qo‘l urayotganini murabbiy tasdiqladi
"Vulverxempton" bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu jamoa yarim himoyachisi Diogo Jota "Liverpul"ga ko‘chib o‘tayotganini tasdiqladi.
"Liverpul" juda yaxshi futbolchini qo‘lga kiritmoqda. U yaxshi joyga ketayapti. Muxlislarimiz uni unutishmaydi.
Xuver asosiy jamoamizga qo‘shiladi. U iqtidorli yosh futbolchi.
O‘ylaymizki, bu barchaga qulay transfer bo‘lmoqda. Diogo bu erda baxtli edi, ammo futbolchi yangi chaqiruvlarni qabul qilishi yaxshi holat," - dedi Santu.
Avvalroq, "Liverpul" Jota uchun 41 mln funt to‘lab berishi, "Vulverxempton" esa Xunter uchun 13,5 mln funtdan voz kechishi ma’lum qilingandi.
Fikrlar