"Liverpool" Konatega o‘rinbosar topdi

  • 21.02.2026 17:13
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" "Milan" himoyachisi Fikayo Tomori bilan shartnoma imzolash imkoniyatlarni ko‘rib chiqmoqda.

"Sports Boom" nashri bergan ma’lumotiga ko‘ra, mersisaydliklar rahbariyati Tomorini yozda klubni tark etishi kutilayotgan Konatega munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. 28 yoshli himoyachining o‘zi ham APLga qaytishni istayapti. Futbolchining fikricha, Angliyada o‘ynash uning milliy terma jamoaga chaqiruv olish imkoniyatini oshiradi. 

Fikayoning ayni vaqtda transfer bozoridagi narxi 20 million yevroga baholanmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan. 

Eslatib o‘tamiz, angliyalik futbolchi 2021 yildan beri Italiya klubi safida harakat qilib kelmoqda. Shu davr mobaynida futbolchi 203 ta bellashuvda maydonga tushib, 7 ta gol va 6 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!