
“Liverpul” "Latsio" etakchisini qo‘lga kiritmoqchi
Angliyaning “Liverpul” klubi serbiyalik yarim himoyachi Sergey Milinkovich-Savichni sotib olmoqchi. Mersisayd jamoasi ushbu transferga Jo Gomesni ham qo‘shishga tayyor, deya xabar bermoqda “Calcio Mercato Web” nashri.
Cavichning shartnomasi 2024 yilda o‘z nihoyasiga etadi. U 2015 yildan buyon “Latsio” sharafini himoya qilib kelmoqda.Futbolchi ushbu mavsum barcha chempionatlarda 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 7 ta assist amalga oshirdi.
Mersisayd jamoasi ayni damda nozik nuqtasi hisoblangan yarim himoyani to‘ldirish maqsadida yozda Artur Meloni ijaraga olgandi. Ammo u jarohat olib, 4 oyga safdan chiqqan. Braziyalik 26 yoshli futbolchi bu mavsum “Liverpul” asosiy jamoasida 13 daqiqa harakat qildi.
Fikrlar